Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik bokschilar xalqaro turnirda 8ta oltin medal sohibi bo‘ldi
Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida A. Dementev va Yu Aleksandrov xotirasiga bag‘ishlangan boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. XVIII bor tashkil qilingan bu musobaqada O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Yoshlar o‘rtasida terma jamoamiz oltita oltin va ikkita kumush medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, o‘smirlar o‘rtasida ikkita oltin medalga ega chiqdi. Natijada jami hisobda 8 oltin 2 kumush medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yoshlar o‘rtasida o‘z vazn toifalarida Samandar Xolmurodov (-52 kg),A bdumalik Halokov (-56 kg), Halimbek Utegenov (-60 kg), Jahongir Rahmonov (-64 kg), Manguberdi Abdurasulov (-69kg), Jamshid Mahamadaliyev (-91kg) oltin medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sodir Kamolmirzayev (-49 kg) va Alimardon Abdujabborov (-81kg) kumush medallarini qo‘lga kiritdi. O‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda esa Otabek Ahadov (-52kg) hamda Komiljon Yusupov (-70kg) bosh sovrin sohibiga aylandi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026