Jahon | 09:01 / 26.11.2017
22902
3 daqiqa o‘qiladi

U ma'lumotlarni Amerikaga yuboradi – AQShning F-35 samolyoti haqida

Foto: Reuters

Yangi jangovar F-35 qiruvchi samolyotlari yuqori texnologiyali gadjyetlar bilan jihozlangan beshinchi avlod samolyotlaridan Norvegiya mudofaa vazirligi faxrlanishga ham ulgurmadi. Samolyotning texnik imkoniyatlari qatorida uning yana bir e'lon qilinmagan xususiyati ham borligi aniqlandi. Qimmatbaho samolyot jiddiy ma'lumotlarni Amerikadagi ishlab chiqaruvchisi Lockheed Martin kompaniyasiga yuborib, josuslik ham qiladi. 

Norvegiya qirollik havo kuchlari o‘zining 40 dona F-35 samolyotlariga buyurtmasining ilk 3 tasini qabul qilib olgan edi. Mamlakatning F-35 dasturi boshlig‘i Morten Klevar samolyotni qabul qilish chog‘ida “bu mamlakat qurolli quchlarini davomli modernizatsiya qilish va Norvegiya hamda ittifoqdoshlar havfszliigi va manfaatlarini himoya qilish qobiliyatini kuchaytirishni anglatadi”, degan fikrlarni bildirgan edi.

Biroq, ishlab chiqarilishidan avvalroqdan beri bir necha bor tortishuvlarga sabab bo‘lgan va tanqidlarga uchragan beshinchi avlod samolyotiga milliardlab dollarni kiritgan Skandinaviya mamlakati o‘zi istaganidan ko‘proq narsani olayotgan ko‘rinadi. 

Norvegiya AQSh harbiy havo kuchlaridan F-35 ma'lumotlar fayllarini olgan ilk mamlakat bo‘ldi. Bu dastur samolyotga o‘zining zaruriy vazifalarini bajarishga hamda vaziyatni o‘ta sergak holatda nazorat qilishiga imkon beradi. Lekin bu hammasi emas. Norvegiya mudofaa rasmiylari, tez orada, ularning F-35 qiruvchilari har bir parvozdan so‘ng, turli xil josuslik ma'lumotlarini Lockheed Martin kompaniyasining Texas shtati Fort Worth shahridagi bazasiga avtomatik ravishda yuborishi ma'lum bo‘ldi. 

Foto: DefenceToday

“Milliy manfaatlar nuqtainazaridan kelib chiqqan holda, foydalanuvchi mamlakatlar ishlab chiqaruvchi Lockheed Martin kompaniyasi bilan birga qo‘llaydigan ma'lumotlarni filtrlashga muhtoj”, degan mudofaa vazirining katta maslahatchisi Lars Gjemble. 

Shu bilan birga, u F-35 samolyotlari Norvegiya harbiy havo kuchlari imkoniyatlarini oshirishini olqishladi.  Bundan tashqari, maslahatchi Fort Worth serverlariga yuboriladigan ma'lumotlarni “iPhone smartfoni ishlab chiqaruvchilarga taqdim etadigan ma'lumotlarga qiyosladi”.

Umuman, Norvegiya 2020 yili yakunlanadigan loyiha doirasida 8,36 mlrd. dollarlik 52 ta F-35 samolyotlarini xarid qiladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid