Sport | 08:40 / 27.11.2017
13621
2 daqiqa o‘qiladi

«PSJ»ga teng raqib topilmayapti

Fransiya chempionatining 14-turida «PSJ» «Monako» bilan o‘ynadi. Monakodagi «Lui II» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 19-daqiqasida Yulian Draksler qanotdan turib zarba berdi, to‘pga Edinson Kavani teginib, to‘pni darvozaga kiritdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Marko Verratti raqib jarima maydonida turgan Neymarni to‘p bilan ta'minladi va braziliyalik futbolchi «Monako» himoyachisi Almami Ture tomonidan qo‘pollik bilan to‘xtatildi. Neymar penaltini aniq amalga oshirdi.

O‘yinning 81-daqiqasida Joau Moutino to‘pni jarima zarbasidan o‘yinga kiritdi va Kilian Mbappening boshiga tekkan to‘p darvozaga borib tushdi.

Endilikda «PSJ» 38 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda, ikkinchi o‘rindagi «Lion» 9 ochkoga ortda qoldirilgan. «Monako» 29 ochkosi bilan uchinchi o‘rinda joylashgan.

Fransiya chempionati
14-tur
Monako – PSJ 1:2
 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 19 Kavani, 0:2 – 52, penalti Neymar, 1:2 – 81 Moutinyu.
Monako – Subashich, Ture, Glik, Jyemerson, Radji (Lopesh, 62), Fabino, Tilemans (Gezzal, 67), Jorjye, Moutinyu, Keyta (Sidibe, 79), Falkao.
PSJ –    Areol, Dani Alves, Markinos, Tiago Silva, Kurzava (Berchiche, 69), Verratti, Rabo, Draksler (Pastore, 82), Mbappe, Kavani (Di Mariya, 82), Neymar.
Ogohlantirishlar: Jorjye (9), Kurzava (25), Jyemerson (30), Neymar (45), Ture (51), Dani Alves (90), Berchiche (90).

Mavzuga oid