Sport | 13:00 / 28.11.2017
13473
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari Koreyada o‘tkazilgan xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egalladi

O‘tgan hafta Janubiy Koreyaning Suvon shahrida HUFS INTERNATIONAL CUP 2017 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda turli davlatlardan 12 ta futbol jamoalari ishtirok etib, Mokpo shahrida ish olib borayotgan o‘zbek mehnat muhojirlari musobaqada birinchi o‘rinni egalladi.

Foto: KUN.UZ

Shuni alohida aytib o‘tish kerak, o‘zbek mehnat muhojirlari har yili an'anaviy tarzda o‘tkaziladigan turnirda ilk bora qatnashdi. 

Foto: KUN.UZ

Turnirda Janubiy Koreya va Xitoydan uchtadan jamoa, Vetnam, Mali, Liberiya, Kambodja, Filippin hamda O‘zbekiston jamoalari bellashdi. O‘zbekistonliklar jamoasi yarim finalda Janubiy Koreyalik raqiblari ustidan 5:2 hisobida, finalda esa Mali jamoasini 3:1 hisobida yengdi. G‘oliblar kubok bilan birgalikda 2 million von miqdorida pul mukofotini ham qo‘lga kiritdi.

Foto: KUN.UZ

Finalda qaychi uslubida gol kiritgan hujumchi Yo‘ldoshbek Daminov muxlislar tomonidan «Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi» deb topilgan.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid