Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar 8 km chuqurlikda yashovchi baliqni namoyish qilishdi
Foto: Earther
Olimlar xalqaro guruhi dunyodagi eng chuqur hisoblangan Mariana botig‘ida 8 km chuqurlikda yashovchi baliqqa nom berishdi. Ushbu baliq dunyodagi eng chuqurda yashovchi baliq hisoblanadi. Baliq Mariana snailfish (Mariananing dengiz shilimshig‘i) deb ataldi.
Ma'lum qilinishicha, bu baliq hozirgacha tutilgan eng chuqurda yashovchi baliqdir. U ko‘rinishidan shishib ketgan tovuq filesini eslatib yuboradi. Olimlarning ta'kidlashicha, baliqlar ekstremal sharoitlar uchun moslashmagandek ko‘rinsa-da, biroq noma'lum sabablarga ko‘ra 8 km chuqurlikda juda yaxshi yashab kelmoqdalar.
“Ular bunday ekstremal muhitda yashash uchun baquvvat ko‘rinmasalar-da, biroq bu borada ancha muvaffaqiyatga egalar”, deb aytgan Vashington universitetidan Makkenzi Jyerrinjyer.
Tadqiqot davomida dengiz shilimshiqlari krevetkalar va mayda qisqichbaqasimonlar bilan oziqalanishlari aniqlangan.
Mavzuga oid
07:35 / 22.11.2025
Kanadada bo‘ri baliqchi to‘ridan foydalanib baliq ovlagani videoga tushdi
20:58 / 02.11.2025
Sirdaryoda elektr qarmoqda baliq ovlaganlar tabiatga 512 mln so‘mlik zarar yetkazdi
15:00 / 26.09.2025
Toshkent viloyatida baliq ovlaganlar tabiatga 680 mln so‘m zarar yetkazdi
00:33 / 20.08.2025