Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Rossiya va AQSh Afg‘onistonda birga ishlay oladi”
Rossiya va AQSh Afg‘onistonda birga ishlay oladi, bu hamkorlik formatlari muhokama qilinmoqda. Bu haqda 28 noyabrda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Vashingtondagi Vudro Vilson nomidagi ilmiy-tadqiqot markazidagi nutqida aytib o‘tdi.
“Rossiya va AQShda Afg‘onistonda hamkorlik qilishga imkon bo‘lishi mumkin. Biz hozircha bu hamkorlik qanday bo‘lishi bo‘yicha kelishib olmadik, biroq buni muhokama qilmoqdamiz”, deb aytgan Tillerson.
Umuman olganda, Tillersonning aytishicha, ikki tomonning, jumladan Suriyada terrorchilikka qarshi kurash va vaziyatni tartibga solish bo‘yicha, umumiy manfaatlari bor.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026