Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya KXDR raketa uchirishiga javoban o‘z sinovini o‘tkazdi
Foto: Reuters
Janubiy Koreya KXDRning raketa uchirishiga javoban o‘z sinovini o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayangan holda.
Ma'lum bo‘lishicha, mahalliy vaqt bilan 3:23-3.44 oralig‘ida quruqlik, harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlarining birlashgan raketa mashg‘ulotlari o‘tkazilgan. Unda KXDRga aniq zarbalar berish amaliyotlari o‘tkazilgan. Shu munosabat bilan 300 km.ga parvoz qila oladigan "Xyonmu-2" ballistik raketasi uchirilgan. Bundan tashqari "kema — yer" rusumidagi 1000 km.ga uchadigan "Xeson-2" raketasi hamda "havo-yer" tasnifidagi 57 km.gacha nishonni ura oladigan "Spays-2000" raketasi sinalgan.
Avval xabar qilinganidek, KXDR 29 noyabrga o‘tar kechasi qit'alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazgan edi. U 960 km masofaga parvoz qilib, Yaponiya qirg‘oqlaridan 210 km uzoqlikda dengizga qulagan. Mazkur raketaning parvoz trayektoriyasi avvalgilariga qaraganda ancha baland bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:26 / 19.02.2026
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol umrbod ozodlikdan mahrum etildi
20:42 / 16.02.2026
«Janubiy Koreya - Markaziy Osiyo» birinchi sammiti sanasi belgilandi
14:16 / 03.02.2026
O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga vizani qanday olishlari mumkin?
15:32 / 02.02.2026