Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT: Rossiyada Telegram va Zello yordamida teraktlarga tayyorgarlik ko‘rilgan
Shanhay hamkorlik tashkilotining Terrorchilikka qarshi mintaqaviy tuzilmasi direktori Yevgeniy Sisoyevning ma'lum qilishicha, Rossiyada teraktlar sodir etishni rejalashtirgan jangarilarni Zello va Telegram dasturlari orqali boshqarib turishgan. U bu haqda ShHT mamlakatlari bosh prokurorlari yig‘ilishida aytib o‘tdi.
"Shunisi aniqki, Rossiyada teraktlar amalga oshirishni rejalashtirgan terrorchilik guruhlari boshqaruvi Yaqin Sharq va Turkiyadan Zello hamda Telegram internet-ilovalarni masofadan foydalanish orqali amalga oshirilgan", - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati yil boshidan beri ShHT mamlakatlari maxsus xizmatlari bilan 50 dan ortiq terrorchilik bo‘limi va taqiqlangan tashkilotlarining 380 nafar faol ishtirokchisini fosh etgan.
"2017 yil bo‘yicha ishlar yakunlarini hali sarhisob qilish kerak. Bugungi kundagi eng muhim natijalardan biri sifatida shuni tilga olish mumkin: Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ShHT mamlakatlari maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda 50 dan ortiq terrorchilik bo‘limi va taqiqlangan tashkilotlarining 380 nafar faol ishtirokchisini aniqladi", - deya aytib o‘tdi Sisoyev.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026