Tarixdagi eng qimmat ajrimlar o‘nligi
Odamlar mashhur kishilarning to‘ylaridan tashqari, ularning ajrim tafsilotlariga ham katta qiziqish bildirishadi. Bunday ma'lumotlar reytingi hatto boshqalardan yuqoriroq hamdir, zero ajrimdan keyin kimga qancha boylik qolishi ko‘pchilikka qiziq. Taniqli ishbilarmonlar va yulduzlar orasidagi ba'zi ajrimlar bemalol kichik davlatlarning byudjyeti bilan bellasha oladi. Ular ko‘pincha neft konlarining sotuvi kabi asr shartnomasidek taqdim etiladi. Trendymen shu haqidagi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.
Roman va Irina Abramovichlar
300 million dollar
Abramovichning 5 farzandini dunyoga keltirgan ikkinchi turmush o‘rtog‘i Irina Malandina Roman bilan tanishgunga qadar styuardessa bo‘lib ishlagan. Rossiyalik milliarder u bilan ajrashish uchun "qurbon qilgan" summasi aksariyatning e'tiborini tortmay qolmadi - 300 million dollar. U bu bilan biryo‘la o‘zining 5 nafar farzandini farovon kelajak bilan ta'minladi.
Robert va Sheyla Jonsonlar
400 million dollar
Robert Jonson – AQShdagi birinchi afroamerikalik milliarder. U turmush o‘rtog‘i bilan birga BET kompaniyasiga asos soldi, juftlik 30 yildan ortiq birga yashadi. Biroq oxir-oqibat ajrim yuz berdi, ajrim davomida ayol katta miqdordagi tovon pulini qo‘lga kiritdi.
Mel va Robin Gibsonlar
425 million dollar
Mel Gibson 1980 yilda Robinga uylanib, u bilan 26 yil farovon turmush kechirdi. Juftlikning ajrashishi haqidagi xabar butun Hollivudni larzaga keltirdi, zero ularni juda mustahkam va bir-biriga mehr-oqibatli juftlik hisoblashar edi. Shundan so‘ng aktyor nafaqat o‘z boyligining yarmi bilan, balki o‘zining ijobiy nufuzi bilan ham xayrlashdi.
Dmitriy va Yelena Ribolovlevlar
604 million dollar
Rossiyalik milliarder Ribolovlev talabalik yillaridayoq Yelenaga uylangan. Ular 20 yil birga yashashdi, ko‘p pul to‘plashdi va farzandlarni voyaga yetkazishdi va kutilmaganda ajrashishga qaror qilishdi. Ta'kidlash joizki, u vaqtlar ishbilarmonning oilasi Shveytsariyada yashagan, butun Rossiya bu ajrim tafsilotlarini qiziqish bilan kuzatgan.
Harold va Syu Enn Xemmlar
1 milliard dollar
Gaz va neft magnati Harold Xemm ajrim bo‘yicha ikki yillik sud ovoragarchiliklaridan qanday bo‘lmasin qutulish uchun sobiq turmush o‘rtog‘iga 1 milliard dollar to‘ladi. 2015 yilda bu bir vaqtning o‘zida sobiq ayoliga to‘langan eng katta miqdordagi summa edi.
Stiv va Yelena Vinnlar
1 milliard dollar
Ishbilarmon-milliarder Stiv Vinn o‘z turmush o‘rtog‘iga ikki marta uylangan, ikkinchi ajrim uning ancha pullardan mahrum bo‘lishiga olib kelgan. Kim biladi, ehtimol ular uchinchi marta ham turmush qurishar, biroq uchinchi ajrim bo‘lmasligi aniq.
Rupert Merdok va Anna Merdok Mann
1,7 milliard dollar
32 yillik turmushdan keyin, 3 farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan Merdoklar 1999 yilda ajrashishdi. Ishbilarmon ayoliga katta pul qoldirdi va tezda boshqasiga uylandi.
Rupert Merdok va Vendi Deng
1,8 milliard dollar
Milliarder Merdok sobiq xotini bilan ajrashganidan ikki hafta o‘tib, Vendi Dengga uylangan. Biroq bundan to‘g‘ri saboq chiqarmagan, 2013 yilda u butun bir jarayondan qaytadan o‘tishiga to‘g‘ri kelgan.
Alek va Joselin Vildenshteynlar
3,8 milliard dollar
Bu o‘z davrining eng qimmat ajrimi bo‘ldi. Jarayon uch yilcha davom etdi, turmushning o‘zi esa - 20 yilcha. Joselin Vildenshteyn — palstik operatsiyalarning mashhur fanati. Ajrimda qo‘lga kiritgan pullari unga xobbisini tashlamaslik va o‘zini zombi darajasigacha yetkazish imkonini berdi.
Vladimir va Natalya Potaninlar
7 milliard dollar
Bugungi kunda Forbes Vladimir Potaninning boyligini 14 milliard dollarga baholashini inobatga olsak, bu summaning yarmi eng qimmat ajrimdagi tovon pullari hisoblanadi. Aftidan, u shu tariqa sobiq ayoliga birga o‘tgan yillari uchun minnatdorchilik bildirgan ko‘rinadi.
Mavzuga oid
17:26 / 08.11.2024
“Embrionlar qarovsiz qolib ketdi” - EKU orqali farzand kutgan ayollar aldandi(mi?)
15:52 / 25.10.2024
Malayziyada ayol kasal eriga 6 yil g‘amxo‘rlik qildi, ammo erkak sog‘aygach, uni tashlab ketdi
13:50 / 11.10.2024
50 yoshdan keyin oila qurganlar soni ma’lum qilindi
17:16 / 05.09.2024