O‘zbekiston | 09:13 / 30.11.2017
10063
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Rossiya prezident idorasi xodimlari keladi

2017 yilning 30 noyabr kuni O‘zbekistonga Rossiya Federatsiyasi prezidentining xorijiy mamlakatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Chernov boshchiligidagi nufuzli delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tashrifdan maqsad Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «O‘zbekiston va Rossiya: 25 yillik strategik sheriklik» nomli tarixiy-hujjatli ko‘rgazmaning ochilish marosimida va «O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi 25 yillik hamkorlikning asosiy bosqichlari» mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etishdan iborat.

Shuningdek, Rossiya prezident idorasi xodimlari, Rossiya Fanlar akademiyasi, Federal arxiv agentligi, Savdo-sanoat palatasi va qator oliy o‘quv yurtlari vakillaridan iborat delegatsiya Samarqandga ham tashrif buyuradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid