Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyati hokimligi va Chelyabinsk viloyati hukumati o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolanadi
Yaqinda Chelyabinsk viloyati hukumati va Namangan viloyati hokimligi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda, hozirda bunga tayyorgarlik ishlari ketmoqda. KUN.UZ muxbiri 30 noyabr kuni O‘zbekiston-Rossiya strategik hamkorligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda berilgan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

"O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tashqi savdo aloqalari dinamikasi jonlandi. Joriy yilning 9 oyi ichida ikki mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 23 foizga oshdi.
Rossiya eksportining asosiy tovarlari oziq-ovqat mahsulotlari, yonilg‘i-mineral resurslari, metallar, yog‘och, kimyo sanoati mahsulotlaridan iborat. O‘zbek importi asosini esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, plastmassa, to‘qimachilik mahsulotlari va paxta tashkil qiladi", - dedi Federatsiya Kengashining mintaqaviy siyosat, mahalliy boshqaruv va Shimol ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Chernetskiy Arkadiy Mixaylovich.
Shu o‘rinda mutaxassis O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiyaning qator mintaqalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlikka doir kelishuvlar imzolanganini qayd etdi. Bu borada Nijyegorod, Orenburg, Penza, Tver, Tyumen viloyatlari va Tatariston Respublikasi kabilar faol ekani tilga olindi.
"Yaqinda Chelyabinsk viloyati hukumati va Namangan viloyati hokimligi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda, hozir tayyorgarlik ishlari ketmoqda", - deya ma'lum qildi u.
Mavzuga oid
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026
Namanganda sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar taqdim etildi
13:53 / 23.06.2026