Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
National Interest Vashingtonga yadro zarbasi berilishi oqibatlarini hisoblab chiqdi
Amerikaning National Interest jurnali tahlilchilari KXDRning navbatdagi raketa sinovidan so‘ng, Vashingtonga ehtimoliy yadro zarbasi oqibatlarini baholadi.
Raketa ishlanmalari sohasidagi mutaxassislarning qayd etishlaricha, Shimoliy Koreyaning imkoniyatlarini, bu davlatning so‘nggi erishgan yutuqlari e'tiborga olinsa, yetarli darajada baholamaslik to‘g‘ri emas. Jumladan, olimlar so‘nggi raketa sinovidan keyin o‘tkazgan hisob-kitoblarida aniqlashicha, Pxenyanning "Xvanson-15" raketasi Amerikaning istalgan hududiga zarba bera olishi haqidagi bayonotlari uydirma emas. Bu raketa belgilangan trayektoriyadan chiqib ketmasa va unga yengil jangovar kallak joylansa, nishonga aniq urishi mumkin.
Ekspertlar tahlil asosiga trotil ekvivalentida 250 kilotonna bo‘ladigan bombani olishdi. Ularning hisoblashlaricha, bunday snaryadning Amerika poytaxti markazida portlashidan bir lahzada 413 ming kishi halok bo‘ladi, yana 527 mingi jabrlanadi. Nashrning yozishicha, Oq uy, Xalqaro josuslik muzeyi, Vashington monumenti, Kapitoliy va zarba to‘lqini ta'siridagi boshqa barcha binolar vayron bo‘ladi. Yadro zarbasi berilgudek bo‘lsa, shaharning markaziy qismidagi insonlar tirik qolish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Shaharning chekka hududlarida istiqomat qiluvchilarning 50-90 foizi ham hayot bilan vidolashadi.
Biroq, nashrning qayd etishicha, KXDR o‘z raketa va yadro dasturini "yadro urushida birinchi zarba berish uchun emas, balki AQShni harbiy amaliyot o‘tkazishi yoki mamlakat tuzumini o‘zgartirmaslik uchun uni tiyib turish maqsadida rivojlantirmoqda".
O‘tgan haftada NI jurnali mutaxassislari Los-Anjyeles shahriga shu kabi zarba berilishi oqibatlarini o‘rganib chiqishgan edi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026