Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishi mumkin
Foto: cnn.com
Oq uy rahbari Donald Tramp AQShning Quds shahrini Isroil poytaxti sifatida tan olishini 5 dekabrda e'lon qilishi kutilmoqda. Bu haqda voqeadan bevosita xabardor AQSh rasmiylari va xorijiy diplomatlar CNN telekanaliga ma'lum qilgan.
Tramp AQShning Tel Avivdagi elchixonasini yana olti oy ko‘chirmaslik to‘g‘risidagi hujjatni imzolash chog‘ida shu haqda ma'lum qilishi kutilmoqda. Biroq uning ma'muriyati Isroil orzusini amalga oshirgan holda, elchixonaning ayrim bo‘limlarini Qudsga ko‘chira boshlaydi.
Manbalarning ishonishlaricha, Tramp mazkur xabarning falastinliklarga keskin ta'sir qilmasligiga harakat qiladi. Ya'ni, prezident Qudsning g‘arbini Isroil poytaxti sifatida tan olishini bildiradi. Ma'lumki, Falastin Sharqiy Qudsni o‘zining ma'muriy markazi bo‘lishini xohlaydi.
Mavzuga oid
16:38 / 14.05.2026
Isroil Netanyahu BAAga maxfiy tashrif buyurganini aytdi. BAA rad qildi
16:39 / 11.05.2026
«Isroil AQSh harbiy yordamiga qaramlikni to‘xtatishni istaydi» – Netanyahu
14:52 / 10.05.2026
Livanda Isroil zarbasi oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi
20:09 / 08.05.2026