Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Poroshenkoning kurtkasi ostidagi tushunarsiz narsa haqida yozdi
Foto: Mixail Palinchak/Reuters
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko kostyumi ostida insulin pompasini olib yurishga majbur. Bu haqda Ukrainaning «Vesti» internet nashri «Pyotr Poroshenko bloki»dagi manbaga tayangan holda xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, internet foydalanuvchilari Ukraina prezidentining fotosuratini muhokama qilishgan, tasvirda esa uning kurtkasi ostida qandaydir qattiq buyum borligini ko‘rish mumkin. Tarmoqdagilarning taxminicha, Ukraina yetakchisi zirhli jilet taqib yuradi.
«Pyotr Alekseyevich insulin pompasini olib yurishga majbur, sababi uzoq uchrashuvlar, yig‘ilishlarda ko‘p vaqtini o‘tkazadi. Hamda bu qurilma – uning uchun yagona variant», - deya aytib o‘tgan manba.
Insulin pompasi inʼeksiya qilish imkoni bo‘lmaganida qonga insulin yuboradi. Diabet bilan og‘rigan bemorlar bu qurilma yordamida giperglikemiya va gipoglikemiya paydo bo‘lishidan qochish uchun gormon miqdorini o‘zgartirishlari mumkin.
Mavzuga oid
10:30 / 18.11.2025
Poroshenko Ukraina hukumatining butun tarkibini iste’foga chiqarishni talab qildi
20:46 / 15.04.2025
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi
10:07 / 09.05.2024
Poroshenko Germaniyani Ukrainadan kelgan erkaklarni moliyalashtirmaslikka chaqirdi
09:05 / 22.10.2022