Jamiyat | 09:15 / 02.12.2017
10664
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 5,5 million so‘mni o‘g‘irlab ketgan mehmon ushlandi

2017 yilning 27 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida, shu kuni taxminan soat 05:00 larda, muqaddam sudlangan A.L. Chilonzor tumanida joylashgan fuqaro V.A.ning xonadoniga mehmon sifatida kelib, V.V.Aleksandrov uxlab qolganligidan foydalanib, unga tegishli bo‘lgan jami 5.500.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlab, jinoyat sodir etilgan joydan yashiringan. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan, Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Mavzuga oid