09:09 / 04.12.2017
17441

Dunyodagi ilk sms-xabar mazmuni ma'lum qilindi 

Foto: Fotolia / bloomua

25 yil avval, 1992 yil 3 dekabrda dunyodagi ilk sms-xabar yuborilgan. Bu sms-xabar muallifi Sky News telekanaliga uning mazmuni nimadan iborat bo‘lganini so‘zlab berdi.

1992 yilda Vodafone kompaniyasida ishlagan britaniyalik Nil Papuort dunyodagi birinchi sms-xabarni boshlig‘iga 3 dekabrda yuborganini so‘zlab berdi. U xabarda “Baxtli Rojdestvo” deb yozgan.

Papuortning aytishicha, u javob olmagan, chunki o‘shanda mobil telefonlar faqat xabarlarni qabul qila olgan. Papuort bu xabarni kompyuter orqali jo‘natgan. Uning ta'kidlashicha, kompaniya o‘shanda ushbu yangi loyiha bunday katta ko‘lamlarga erisha oladi, deb o‘ylaganiga ishonchi komil emas.

Britaniyalikning aytishicha, sms-xabarlar sekin-asta urfdan chiqadi, biroq bu imkoniyatdan hali yana uzoq vaqt foydalaniladi.

Top