Britaniyaning Vodafone mobil aloqa operatori tarixdagi birinçi sms-xabarni sotuvga qöyişga qaror qildi. Qisqagina “Merry Christmas” (Rojdestvo muborak) yozuvidan iborat bölgan sms-xabar 225 ming dollar boşlanğiç narx bilan auksionda sotiladi.

Bu maqsadda “Merry Christmas” yozuvli “kommyunike” deb nomlangan NFT-token yaratildi.

Birinçi sms-xabar 1992 yil 3 dekabrda Vodafone buyurtmasi böyiça turli dasturlar işlab çiqqan Sema Group Telecoms kompaniyasi xodimi Nil Papuort tomonidan Vodafone direktori Riçard Jarvisning mobil telefoniga jönatilgan. Öşanda aynan Papuort Short Message Service’ni (SMS, qisqa xabarlar xizmati) işlab çiqiş bilan şuğullangan.

Auksion Rojdestvo bayrami arafasida, 21 dekabrda ötkaziladi. Kimoşdi savdosidan tuşgan pullar BMTning qoçqinlar işlari böyiça komissariatiga xayriya qilinadi.

“Deyarli 30 yil avval yuborilgan uşbu xabar mobil texnologiyalar tarixida buriluvçi on bölgan. Vodafone orqali birinçi SMS yuborilgandan 7 yil ötib, ya’ni 1999 yilda bir neçta tarmoqlar orqali matnli xabar yuboriş imkoniyati paydo böldi. Bu ularning qöllanişini jadallaştirdi va ommaviylaştirdi”, deb ta’kidlab ötgan Vodafone boş direktori Xannes Ametsrayter.