Özbekiston Respublika tovar-xom aşyo birjasi AVTORAQAM savdo platformasida onlayn auksionlar iştirokçilari uçun “SMS xabar” xizmat turini işlab çiqdi va joriy etdi.
Mazkur xizmatdan foydalangan holda, avtohavaskorlar avtoraqamlarning savdoga qöyilişi böyiça ma'lumotlarni tezkor tarzda olişlari hamda ma'lum lotga obuna bölib, uning holatini muntazam ravişda kuzatib borişlari mumkin.
“SMS xabar” xizmati mijozga uni qiziqtirayotgan avtoraqam böyiça savdo vaqtini ötkazib yubormaslik va sotib olingan avtoraqam tölovini amalga oşirişning aniq vaqti va uni röyxatdan ötkaziş joyini bilib oliş imkonini taqdim etadi. SMS xabarlar xizmatga ulanişda körsatilgan telefonga kelib tuşadi.
Birjaning yangi xizmatiga ulaniş uçun avtoraqam.uzex.uz veb-saytining mijozlar uçun şaxsiy kabinetida "SMS" sahifasiga ötiş va ofertani qabul qiliş lozim. Xizmat pullik bölib, oylik abonent tölovi 10 000 sömni taşkil etadi.
Özbekistonda çiroyli avtomobil raqamlarini onlayn-auksionlar orqali sotiş sentabr oyidan boşlab yölga qöyildi. Uşbu onlayn-platforma orqali ilk avtomobil raqami 7,5 mln sömga sotilgandi.
Birjaning savdolarni taşkillaştiriş böyiça direktori Aziz Abduğaniyevning ta'kidlaşiça, jozibador avtomobil raqamlarini sotiş orqali 380 mlrd söm olinmoqçi.

















