Karantin davrida «özini yakkalaş» tartibiga ötgan fuqarolarning uyda ötirganidan, şuningdek, odamlarda koronavirus pandemiyasi sabab xavotir kuçli ekanidan foydalanib qolayotgan firibgarlar turli uslub, vosita hamda xabarnomalar orqali kişilarni çalğitib, ularning elektron hisobdagi mablağlarini özlaştirişga harakat qilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi xabariga köra, muayyan sana yoki geojoylaşuv nuqtasi koordinatlarini körsatib, «Siz karantin qoidasini buzdingiz, endi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasiga muvofiq BHMning beş baravarigaça miqdorda jarima tölaysiz», degan mazmunda jarimani uydan tölaş ham mumkinligini ta'kidlab, tölov uçun karta raqami körsatilgan sms-xabarnoma jönatiş holatlari ham uçrab turibdi.
«Özkomnazorat» davlat inspeksiyasi fuqarolarni bu kabi yolğon xabarlarga aldanmaslikka, sms-xabarlar, telefon qönğiroqlarini qabul qilganda heç qaçon elektron hisobdagi mablağlar yoxud turli maxfiy kodlar haqida begona şaxslarga ma'lumot bermaslikka, bu kabi holatlar kuzatilganda sms-xabarnomani öçirib taşlaş, telefon qönğiroği bölganligi haqida 102 raqami orqali huquq-tartibot idoralariga xabar berişni tavsiya etgan.

















