Michigandagi stadionni portlatish orqali buzishga urinish zoye ketdi (video)

AQShning Michigan shtati hukumatining 80 ming tomoshabinga mo‘ljallangan “Silverdoum” stadionini portlatish orqali buzishga urinishi zoye ketdi. Inshootga bir nechta zaryad o‘rnatilib, ular masofadan turib portlatildi. Biroq zaryadlardan bir qismigina ishlagan. Shu sababli inshoot tosh qotgancha joyida turgan.
Stadionni buzish bilan shug‘ullangan Adamo Group kompaniyasida ta'kidlanishicha, portlashlar stadionning asosiy ustunlarini buza olmagan. Bunga esa ba'zi zaryadlarning elektr simlaridagi muammo tufayli portlamay qolgani sabab bo‘lgan. Endi stadion boshqatdan yana portlatib ko‘riladi yoki ustunlari ekskavatorlarda buziladi.
Detroit Free Press nashrining yozishicha, 1975 yilda barpo etilgan stadionning buzilishi munosabati bilan bu hodisani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgani yuzlab odamlar ertalabdan voqea joyiga kelishgan. Shuningdek, stadionning buzilishi internet orqali ham namoyish qilingan.
Stadion Pontiak shahrida joylashgan bo‘lib, “Detroyt Layons” futbol jamoasining uy maydoni bo‘lgan. Stadionda AQShda o‘tgan 1994 yilgi jahon chempionatining 4 o‘yini o‘tkazilgan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning birinchi tashqi ishlar vaziri «chet el agenti» deb e’lon qilindi
Jahon | 21:02
-
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi
Jahon | 21:00
-
Rossiyada taksi ilovalarida migrant haydovchini rad qilish funksiyasi joriy qilinishi mumkin
Jahon | 20:39
-
Tramp Rossiyani Ukraina bilan urushni tugatish uchun «harakatni boshlashga» chaqirdi
Jahon | 20:19
Mavzuga oid

13:13 / 18.02.2025
AQShda sudya do‘kon o‘g‘rilarini mashina yuvdirish bilan jazolashni taklif qildi

12:57 / 11.04.2024
AQShda maktabda otishma sodir etgan o‘smirning ota-onasi qamoq jazosiga hukm qilindi

13:29 / 09.12.2023
Michiganda sinfdoshlarini o‘ldirgan o‘smir umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

16:45 / 22.11.2020