AQŞning Miçigan ştatidagi maktabda sodir bölgan otişmada tört nafar öquvçi öldirilganidan ikki yil ötib, jinoyatni sodir etgan ösmir Itan K. umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu hukmni 8 dekabr, juma kuni Oklend okrugi sudyasi Kvame Rou e’lon qilib, 17 yoşli sudlanuvçini şartli ozodlikka çiqiş huquqidan mahrum qildi.

Hujum sodir etilgan paytda jinoyatçi 15 yoşda bölgan bölsa-da, u kattalar uçun nazarda tutilgan jinoiy qonunçilik böyiça sudlangan. 

2021 yil 30 noyabr kuni Detroyt şimolidagi Oksford şahridagi maktabda öquvçi öt oçgandi. 14 yoşdan 17 yoşgaça bölgan tört nafar öquvçi halok böldi, yana olti nafar ösmir, şuningdek, bir öqituvçi jarohat oldi. 

Itan K.ning ota-onasi xuddi şu iş böyiça ehtiyotsizlik oqibatida odam öldirişda ayblangan. Ular nafaqat öğliga qurol berganlikda, balki uning xatti-harakatlarida zöravonlikka moyillik mavjudligidan ogohlantiruvçi şubhali belgilarga e’tibor qaratmaganlikda ayblanmoqda. Hujumdan sal avval ösmir qurol kötarib tuşgan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.