Jamiyat | 08:22 / 04.12.2017
19429
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda erkak ikki kishini pichoqladi va avtomobilni odamlar ustiga haydab bordi

Foto: AP

Nyu-Yorkdagi avtomobillar turargohida pichoq bilan qurollangan shaxs ikki kishiga hujum qildi, so‘ng o‘z mashinasiga o‘tirdi va uni piyodalarning ustiga haydab bordi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va besh nafar inson jarohatlandi. Jabrlanganlardan biri juda og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.

Qayd etilishicha, politsiyachilar gumonlanuvchini qo‘lga olishgan.

Ta'kidlanishicha, mojaro bahsdan so‘ng kelib chiqqan. Bahsga o‘tkinchilarning aralashgani borasida hozircha ma'lumotlar yo‘q. 

Foto: AP

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid