Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus» o‘z nomi va emblemasini o‘zgartiradi
Turinning «Yuventus» klubi Buxarestning «Yuventus» rahbariyatiga murojaat qilib, klubi nomi va emblemasini o‘zgartirishni talab qildi, deb yozmoqda Nemzeti Sport Online.
Ma'lumki, 1992 yilda tashkil qilingan Ruminiya klubi nafaqat turinliklar nomi, balki eski emblemasidan ham andoza olgani ma'lum bo‘ldi.

Buxarestliklar rahbari Iliye Chyuklea xabariga ko‘ra, klub italiyaliklarning talabini bajaradi, ammo faqat mavsum yakunlanganidan so‘ng.
Buxarestning «Yuventus» klubi bu mavsumgacha Ruminiyaning quyi ligalarida to‘p surgan va turinliklarning nazariga tushmay, tinchgina uning nomi va o‘xshash emblemasidan foydalanib kelayotgandi. Biroq, mamlakat yuqori divizioniga yo‘l olgach, vaziyat tubdan o‘zgardi. Endi jamoa o‘z nomini «Kolentina» deb o‘zgartirmoqchi.
Mavzuga oid
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi
12:27 / 19.06.2025
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti»da oson g‘alaba
14:28 / 28.10.2024