Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston chegara bo‘yicha muzokaralarni tiklaydi
Tojikiston va O‘zbekiston chegara masalalari bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlaydi, deya xabar bermoqda Tojikiston telegraf agentligi (TojikTa).
Tojikiston hamda O‘zbekiston hukumat komissiyalari ikki davlat o‘rtasidagi chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha besh yil oldin to‘xtatib qo‘yilgan ishni qayta tiklaydilar. Tojikiston hukumati tomonidan O‘zbekiston bilan chegara masalalarini hal etish bo‘yicha komissiyaning yangi tarkibi tuzildi, deya xabar bergan Tojikiston Respublikasi hukumatidagi manba.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, bosh vazir Kohir Rasulzoda Tojikiston hukumat komissiyasining yangi tarkibini boshqaradi. Tarkibga bosh vazir o‘rinbosari Azim Ibrohim, Yer tuzilishi va geodeziya davlat qo‘mitasi raisi Rajabboy Ahmadzoda, adliya vaziri Rustam Shohmurod, tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov va boshqa amaldorlar ham kirgan. Ro‘yxatda jami 19 kishining nomi keltirilgan.
Tojikiston Yer tuzilishi va geodeziya davlat qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, Tojikiston-O‘zbekiston chegarasining uzunligi 1332 km.ni tashkil etadi. Umumiy chegaraning 105 kilometri daryo orqali o‘tsa, quruqlikdagi chegara 1227 kilometrga teng.
Umumiy chegaraning taxminan 1240 kilometri delimitatsiya va demarkatsiyasi bo‘yicha kelishuv muvofiqlashtirilgan, imzolangan va ratifikatsiya qilingan.
«Tojikiston-O‘zbekiston chegarasining taxminan 93 kilometrlik qismi bahsli bo‘lib qolmoqda, hamda bu bahs yaqin vaqt ichida hal bo‘ladi», - deya aytib o‘tgandi Yer tuzilishi va geodeziya davlat qo‘mitasi rahbari Rajabboy Ahmadzoda joriy yilning yozida jurnalistlarga.
Mavzuga oid
10:12 / 11.07.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida raqamli bojxona nazorati joriy etiladi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
11:20 / 01.07.2026