O‘zbekistonda Xalq byudjyeti shakllantiriladi va byudjyet ijrosi shaffofligi ta'minlanadi

Foto: KUN.UZ
Toshkentning “Poytaxt” biznes markazida Birlashgan Millatlar tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Moliya vazirligi hamkorligida tashkil etilgan davra suhbatida Fuqarolar uchun byudjyet (Xalq byudjyeti)ni tayyorlash va chop etish konsepsiyasi muhokama qilindi. Bu haqda tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri xabar bermoqda.
O‘zbekiston Byudjyet kodeksiga muvofiq, ochiqlik va oshkoralik mazkur hujjat tamoyillaridan hisoblanadi. Bu esa, davlat byudjyetini tayyorlash, ko‘rib chiqish va qabul qilish tartiblari, tasdiqlangan byudjyet, davlat maqsadli jamg‘armalari faoliyatiga doir axborotlarning e'lon qilinishi va ularning jamiyat hamda OAV uchun ochiq va shaffofligini nazarda tutadi.
Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sattarovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda davlat boshqaruvi organlari va fuqarolarning o‘zaro hamkorligi mexanizmlari tubdan o‘zgargan. Yangi munosabatlar davlat boshqaruvi organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi muloqot hukumatga bo‘lgan ishonch oshishida muhim vositadir. Ya'ni, fuqarolar bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi byudjyet jarayoni samaradorligini oshiradi, byudjyeti tizimi, barcha darajalardagi byudjyetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlari shakllantirilishi va ijro etilishi to‘g‘risida keng xabardor qilishni ta'minlaydi.

BMTTD loyihasi tadqiqotlari koordinatori Viktoriya Anoshkina o‘z taqdimotida xalqaro amaliyotda byudjyet ma'lumotlarining ochiqligi, shaffofligi, xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan fiskal shaffoflikni baholash xususida axborot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, BMTTD 2007 va 2013 yillarda O‘zbekiston davlat byudjyetini shakllantirish va qabul qilishda mamlakat hukumati bilan hamkorlik qilgan.
Shu bilan birga, Xalqaro Valyuta jamg‘armasining “Byudjyet-soliq sohasida yetarli shaffoflikni ta'minlash bo‘yicha kodeks”, Anoshkinaning bildirishicha, davlat moliya axborotlarini e'lon qilishning xalqaro me'yori hisoblanadi. Bundan tashqari, “Byudjyet-soliq sohasida shaffoflikni ta'minlash bo‘yicha qo‘llanma”, “XVJning davlat moliyaviy statistikasi bo‘yicha qo‘llanmasi” kabilar fiskal shaffoflik bo‘yicha xalqaro me'yoriy hujjatlardir. Shuningdek, BMT tomonidan ham fiskal shaffoflik konsepsiyasi keng qo‘llaniladi. Tashkilot 2012 yili shu masala bo‘yicha “Shaffoflikka nisbatan yuqori daraja prinsiplari” konsepsiyasini qabul qilingan.
Umuman, Anoshkinaning ma'lum qilishicha, fiskal shaffoflikni baholash amaliyoti XVJ kodeksi asosida hukumat so‘rovi bo‘yicha o‘tkaziladi hamda shu asosda tavsiyalar beradi. Uning aytishicha, 2014 yili O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda davlat xarajatlari va moliyaviy hisoboti tayyorlangan, biroq hukumat Byudjyet kodeksini qabul qilayotganini bildirgani sababli, e'lon qilinmay qolgan edi.
Tadbirda ta'kidlanishicha, ushbu davlatlar XVJ tavsiya qiladigan 6 uslubdan foydalangan holda o‘zlariningmustaqil baholashlarini ham o‘tkazib keladi.
Bugungi kunda byudjyet ochiqligini ta'minlash, asosan 4 ta jihatni o‘z ichiga oladi. Bular:
Byudjyet ochiqligi indeksi – bu hukumat byudjyet hujjatlarini jamoatchilik e'tiboriga qanchalik o‘z vaqtida havola qilgani, har bir hujjat qaydarajada to‘liq yoritilganini baholashdir.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat organlarining byudjyet jarayonida samaradorligini baholash;
Byudjyet jarayonida oliy nazorat organining samaradorligini baholash;
Byudjyet jarayonida jamoatchilikning ishtiroki samaradorligini baholash.
Biroq hukumat byudjyet shaffofligini ta'minlashda 7 ta hujjatni e'lon qilishi shart.
Umuman olganda byudjyet shaffofligini ta'minlash uchun byudjyet tayyorlanish jarayonida, tasdiqlanish vaqtida, ijro etilishi davrida va audit (ijrosini tekshirish) o‘tkazilishda e'lon qilinishi maqsadga muvofiqdir. Fuqaro byudjyeti esa, rasmiy byudjyet hujjatining soddalashtirilgan namunasi bo‘lib, oddiy mutaxassis bo‘lmagan kishilar uchun tushunarli tilda yozilgani bo‘lishi kerak. Ammo mazkur konsepsiyani qabul qilgan davlatlarning hammasi ham yuqoridagi qoidalarga birdek amal qilmaydi.
Shuningdek, Anoshkinaga ko‘ra, bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qirg‘iziston byudjyet shaffofligini ta'minlash borasida yetakchi davlatdir. Tojikiston va Qozog‘iston ham bu borada xalqaro baholashni o‘tkazadi. Ammo O‘zbekiston mazkur sohaning rasmiy baholash jarayonida ishtirok etmay keladi.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston, shuningdek byudjyet hujjatlarini tayyorlash va e'lon qilish dasturida ham ishtirok etmaydi. Shu bilan birga, mazkur dasturda qatnashuvchi davlatlarning 40 foizi fuqaro byudjyetini qabul qilmaydi va e'lon qilmaydi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Marin Le Pen qamoqqa hukm qilindi
Jahon | 18:22
-
Professional bo‘lmagan astronavtlardan iborat ekipaj tarixda ilk bor Yer qutblari ustidan uchib o‘tadi
Jahon | 18:22
-
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi
O‘zbekiston | 18:19
-
Mask ketadi, DOGE ham o‘z faoliyatini to‘xtatadi – Tramp
Jahon | 18:12
Mavzuga oid

17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi

12:11 / 08.01.2025
2024 yilda soliq tushumlari qariyb 200 trln so‘mga yetdi

13:45 / 07.01.2025
Amaldorlarga xizmat avtomobillari, mebel va ofis jihozlari xaridini kamaytirish buyurildi

15:30 / 01.09.2024