Özbekiston Soliq qömitasi 2025 yil yanvar oyida eng köp soliq tölagan davlat va xususiy sektordagi öntadan kompaniyani ma’lum qildi.

Yilning ilk oyida davlatga tegişli eng yirik önta soliq tölovçi jami 4,5 trln söm soliq tölagan. Bu – 2024 yilning yanvar oyi bilan taqqoslaganda qariyb 120 mlrd sömga kam.

Top-öntalikka kirgan kompaniyalarning kamida 6 tasi ötgan oyda 2024 yil yanvariga qaraganda kamroq soliq tölagan.

Xususan, soliq tuşumlari Navoiy kon-metallurgiya kombinatidan 13 foizga, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidan 11 foizga kamaygan.

Energetika kompaniyalaridan “Özbekneftgaz” 44 foizga, UzGasTrade 36 foizga kam soliq tölagan. “Öztransgaz” va “Hududgazta’minot” ham soliq tölovini qisqartirgan.

Şu bilan birga, yanvar oyida “Navoiyuran” ötgan yilning yanvariga qaraganda 2,4 barobarga, Asia Trans Gas 1,7 barobarga köp soliq tölagan.

2025 yil yanvar oyida eng köp soliq tölagan davlat kompaniyalari:

  • NKMK – 2,08 trln söm (2024 yil yanvarida 2,38 trln, farq –13%);
  • OKMK – 639 mlrd (707 mlrd, –10%);
  • Özkimyosanoat* – 388 mlrd;
  • Navoiyuran – 299 mlrd (87 mlrd, +244%);
  • Özbekneftgaz – 280 mlrd (497 mlrd, –44%);
  • Hududgazta’minot – 240 mlrd (241 mlrd, –0,4%);
  • UzGasTrade – 218 mlrd (343 mlrd, –36%);
  • Asia Trans Gas – 149 mlrd (90 mlrd, +65%);
  • Aloqabank – 117 mlrd*;
  • Öztransgaz – 111 (118 mlrd, –6%).

* Uşbu kompaniyalar 2024 yil yanvarida top-10talikda bölmagan.

2024 yil yanvar oyida top-10 talikda bölgan “Özbektelekom” (öşa oyda 105 mlrd söm soliq tölagan) va “Özbekiston temiryöllari” (74 mlrd) 2025 yil yanvarda röyxatdan joy olmagan.

TOP-10 xususiy korxonalar

Yanvar oyida eng köp soliq tölagan önta xususiy korxona quyidagilar:

  • Uzbat – 182 mlrd;
  • ADM Jizzakh – 62,2 mlrd;
  • Epsilon – 50,6 mlrd;
  • Kapitalbank – 48 mlrd;
  • Hamkorbank – 47,6 mlrd;
  • Unitel – 47,6 mlrd;
  • Tashkent Tobacco – 42,3 mlrd;
  • TBC bank – 37 mlrd;
  • Coca Cola Ichimligi Uzbekistan – 36,7 mlrd;
  • PWS Optimum – 33,5 mlrd.

Uşbu röyxatda doimiy yetakçilik qiladigan Uzbat tölagan soliqlar 21,2 foizga, Kapitalbankniki 40 foizga qisqarganiga qaramay, boşqa korxonalar köproq soliq tölagani hisobiga bu guruhdagi tuşumlar ötgan yil yanvar oyi bilan soliştirganda 83,7 foizga oşgan (716 mlrd sömdan 1,32 trln sömga).

Ötgan yil yanvarida eng köp soliq tölagan xususiy korxonalar röyxatida 2-örinda bölgan Enter Engineering (130 mlrd söm tölagan) bu yil röyxatga kirmagan – holbuki röyxatning oxiridagi kompaniya 33,5 mlrd söm soliq tölab TOP-10 ga kirgan.

2024 yil yanvarida röyxatda bölmagan Epsilon Development Company 2025 yil yanvarida 506 mlrd sömlik soliq tuşumlari bilan birdaniga uçinçi örinda qayd etilgan.

Soliq qömitasiga köra, 2025 yilning ilk oyida jami 956 ta yirik soliq tölovçi 8,51 trln söm soliq tölagan. Taqqoslaş uçun, bir yil oldin 2186 ta yirik soliq tölovçidan 8,85 trln söm undirilgan edi.