Sport | 17:20 / 05.12.2017
21886
7 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar ligasi «Yuventus»siz qolishi mumkin. Kunning asosiy intrigasi

Foto: Sport Ekspress

Bugun Yevropa Chempionlar Ligasida A-D guruhlari o‘z o‘yinlarini yakunlaydi. Bugun maydonga tushadigan 4 jamoa keyingi bosqich masalasini rasman hal qilgan bo‘lsa, qolgan 4 yo‘llanma taqdiri bugun kechasi hal bo‘ladi. Keling, ushbu guruhlarga nazar tashlab, jamoalarning imkoniyati haqida so‘z yuritamiz.

A guruhi

BeNFIKA – BAZeL

“Bazel” TsSKA bilan birgalikda 9 ochko to‘plashgan va guruhdan chiqish uchun kurash olib bormoqda. O‘zaro o‘yinda shveysariyaliklarning ustunligi borligini inobatga olsak, “Bazel”ning bu turdagi vazifasi ruslardan kam ochko olmaslikdir. Bu nuqtai nazardan, balki durang hisobi ham mehmonlarni qoniqtirishi mumkin, zero TsSKA ning “Old Trafford”da g‘alaba qozonishini taxmin qilish qiyin.

O‘z navbatida “Benfika”ning o‘ziga yarasha hisob-kitobi borligini unutmaslik kerak. To‘g‘ri, portugaliyaliklar barcha o‘yinlarni boy berib, turnirda hech qanday imkoniyatga ega emas, ammo birinchi davradagi 0:5 hisobidagi sharmandali mag‘lubiyat alamini o‘z muxlislari oldida olishga urinishlari shubhasiz.

MANCheSTeR YuNAYTeD – TsSKA

“Yunayted” shanba kuni Londonda og‘ir uchrashuv o‘tkazdi, shu hafta oxirida esa Manchester derbisida maydonga tushadi. Jamoa YeChLda guruhda qolib ketishi uchun 7-8 gol o‘tkazishi kerak bo‘lishini inobatga olsak, mezbonlar biroz aralash tarkibda maydonga tushishlari kutilmoqda. Matich, Lukaku, Valensiya, De Xea, Marsiyal kabi futbolchilarga dam berilishi kutilmoqda. Ammo shu holatda ham, kelasi o‘yinlarda diskvalifikatsiyaga uchragan Pogba, so‘nggi o‘yinlarda zaxirada qolayotgan Mata, Mxitaryan kabi tajribali futbolchilar maydonga tushishlari mumkin.

TsSKA esa, bu o‘yinda g‘alaba qozonishi shart. Yoki durang o‘ynab, “Bazel”ning Portugaliyadagi mag‘lubiyatidan umid qilishiga to‘g‘ri keladi. “MYu” ushbu mavsumda barcha musobaqalarda o‘z maydonida ochko yo‘qotmayotgani, umuman “Old Trafford”dagi mag‘lubiyatsiz seriya 40 o‘yinga yaqinlashib qolganini e'tiborga olsak, armiyachilarning vazifasi juda mushkul.


V guruhi

BAVARIYa - PSJ

Har ikki jamoa ham keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lishgan. Ammo nemislar guruhda 1-o‘ringa chiqib olish uchun harakat qilib ko‘rishsa bo‘ladi. Bu ham oson emas. Yakunda parijliklarni ortda qoldirish uchun Xaynkes shogirdlari kamida to‘rt to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishlariga to‘g‘ri keladi.

“PSJ” esa, ”Strasburg” maydonidagi mag‘lubiyatning pasayish emas, shunchaki, tasodif ekanini isbotlashi kerak. Shuningdek, agar g‘alaba qozonishga, guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunlagan ikki jamoadan biri bo‘ladi.  

SeLTIK – ANDeRLeHT

Bu o‘yin ham xuddi guruhdagi parallel o‘yin kabi, jamoalardan biri yirik hisobida g‘alaba qozonishi kerak. Faqat bu safar bunday vazifa mehmon jamoaga yuklangan. Faqat yirik g‘alabagina belgiyaliklarga Yevropa Ligasida ishtirok etish huquqini beradi.

 

S guruhi

ROMA – QORABOG‘

“Roma”ning vazifasi oddiy. Agar “Qorabog‘” ustidan g‘alaba qozonsa, guruhda kamida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishadi. Rimliklarda hatto birinchi o‘ringa chiqib olish uchun imkoniyat ham bor, buning uchun “Chelsi” o‘z maydonida “Atletiko”ni yuta olmasligi kerak bo‘ladi.

CheLSI – ATLeTIKO

“Atletiko” ushbu mavsumda barcha musobaqalarda atigi bir marta mag‘lubiyatga uchradi, u ham bo‘lsa, Madridda aynan “Chelsi”dan qabul qilingandi. O‘sha natija va yana bir nechta kutilmagan duranglar oqibatida “Atletiko”ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati juda pasayib ketganligini ko‘rishimiz mumkin.

Simeone shogirdlari Londonda mezbonlar ustidan g‘alaba qozonishlari, bu ham yetmay, “Roma”ning ozarbayjonliklar bilan o‘yinda ochko yo‘qotishidan umid qilishlariga to‘g‘ri keladi.

“Chelsi” esa, keyingi bosqich masalasini rasman hal qilgan. Ammo ularga ham bu o‘yinda g‘alaba juda kerak, chunki faqat g‘alaba ularni yakunda guruh g‘olibiga aylantiradi. Angliya jamoasi uchun guruhda birinchi bo‘lish juda muhim. Sababi, boshqa ingliz jamoalari ham o‘z guruhlarida peshdaqamlik qilmoqdalar. “Chelsi”ning 2-o‘ringa tushib qolishi nimchorak finalda hamyurtlari bilan birga tushmasliklarini inobatga olsak, ularga “PSJ” yoki “Barselona” ro‘baru bo‘lishini 70 foizga teng qilib qo‘yadi.

 

D guruhi

BARSeLONA – SPORTING

“Barselona” Turindagi durangdan so‘ng, nafaqat keyingi bosqich, balki guruh g‘olibligini ham hal qilib bo‘lgan. Balki “Vilyareal” safari oldidan Valverde ba'zi shogirdlariga dam berishi mumkin.

“Sporting”ga esa, bu o‘yinda g‘alaba suv va havodek zarur. Portugaliyaliklar “Kam Nou”da g‘alaba qozonishlari va “Yuventus”ning Gretsiyada ochko yo‘qotishini kutishlariga to‘g‘ri keladi. Aks holda, “Sporting” faqat Yevropa Ligasi yo‘llanmasi bilan kifoyalanishga majbur.

OLIMPIAKOS – YuVeNTUS

“Yuventus”ning vazifasi xuddi narigi Italiya klubi kabi, juda oddiy. “Olimpiakos” maydonida g‘alaba qozonishsa, guruhdagi 2-o‘rin naqd bo‘ladi. Gretsiyada hatto “Barselona” ham g‘alaba qozonmaganini eslasak, bu vazifa Turin klubi uchun u qadar oson bo‘lmasligini taxmin qilish mumkin. 

Ammo durang, hatto mag‘lubiyat ham “Yuventus”ga keyingi bosqichga chiqishga xalaqit bermasligi ehtimoli ham yaqin. “Barselona” o‘z maydonida “Sporting”dan yutqazmasa, kifoya. Aks holda amaldagi finalchi «Yuventus» Yevropa Ligasiga yo‘l oladi.

Mavzuga oid