Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Qozog‘iston ustidan JSTga bergan arizasini qaytarib oladi
Qirg‘iz respublikasi Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi va Jahon Savdo tashkilotiga yo‘llagan murojaatlarini qaytarib oladi. Qozog‘iston bilan mavjud kelishmovchiliklar hal qilinganidan so‘ng, shunday qilinadi, deya ma'lum qildi Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Tolkunbek Abdigulov.
Ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar sentabr oyida yomonlashgan edi. Bunga Almazbek Atamboyevning Qozog‘istonni Bishkek ichki ishlariga aralashayotganlikda ayblagani sabab bo‘lgandi. Shundan keyin Qozog‘iston ikki davlat chegaralarida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Shu munosabat bilan rasmiy Bishkek ma'muriyati ikki xalqaro tashkilotga ariza topshirgan edi.
"Biz tez orada qaytarib olamiz", — degan Abdigulov.
2 dekabr kuni ikki davlat hukumatlari ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha "yo‘l xaritasi" imzolagan edi. 3 dekabr yarim tundan e'tiboran qozoq-qirg‘iz chegaralaridagi kuchaytirilgan chegara nazorati oddiy qo‘riqlash tartibiga o‘tkazildi.
Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026