Jahon | 12:30 / 05.12.2017
15977
1 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili Kiyevdagi uyi tomiga chiqib oldi va UXXga tahdid qilmoqda - OAV

Foto: lb.ua

Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Kiyevdagi o‘z uyi tomiga chiqib oldi hamda Ukraina Xavfsizlik xizmati uning kvartirasida tintuvlar o‘tkazayotganiga qarshi norozilik bildirmoqda. Bu haqda «1+1» telekanali o‘z muxbiriga tayangan holda xabar berdi.

lb.ua portalining ta'kidlashicha, uyning tomiga maxsus topshiriqli guruh yo‘l olgan. Saakashvilini maxsus xonaga olib kirib ketishgan.

«Interfaks»ning Ukraina Xavfsizlik xizmati matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berishicha, mahkama siyosatchining kvartirasida tintuvlar o‘tkazmoqda.

«Haqiqatan ham surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Ukraina Xavfsizlik xizmati xodimlari mamlakat Bosh prokuraturasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoiy ish doirasida tezkor hamrohlik qilmoqda», - deya xabar berdi Ukraina Xavfsizlik xizmati vakili Yelena Gitlyanskaya.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid