Jahon | 22:20 / 05.12.2017
3432
2 daqiqa o‘qiladi

Sloveniya startapi Xitoyda elektrosamolyotlarni ishlab chiqaradi

Foto: EAST NEWS

Sloveniyaning Pipisrtel startapi elektron samolyotlar ishlab chiqarish uchun xitoylik sheriklari bilan hamkorlikni boshlaydi. AVWeb va Aviation Week'da xabar berilishicha, sheriklar Alpha Electro ilmiy-tadqiqot samolyoti va gibrid Panthera samolyotlari ustida birga ish olib borishadi. 

Pipistrel Xitoy va Osiyoning boshqa 10 mamlakatida intellektual mulk va sotuvlar huquqini sotadi. Elektrosamolyotlar modellarini yaratish yangi Jurong loyihasi doirasida amalga oshiriladi. Startap Pipistrel Asia Pacific General Aviation Technology Ltd'ning  51 foiz aksiyasini saqlab qoladi. Aktsiyalarning kamroq qismiga egalik qiluvchi Denni U Xao loyiha doirasida umumiy biznes-aviatsiya uchun aeroport qurilishi bilan shug‘ullanadi. 

Yaqin bir necha oyda Pipistrel Asia-Pacific va uning sho‘'ba korxonalari yer uchastkasini qo‘lga kiritish, 130 gektar maydonga ega aeroport qurilishi va ekspluatatsiyasiga kirishadi. Jurong loyihasi Xitoy sharqiy qirg‘og‘idagi Nankin shahridan 60 kilometr masofada amalga oshiriladi. Rejaga ko‘ra, kelgusi ikki yilda Jurongda aeroportdan tashqari aviaqurilish zavodi va aviatsiya universiteti bo‘limi bunyod etiladi. Shuningdek bu yerda Jurong ko‘li Milliy parki mehmonlariga xizmat ko‘rsatuvchi sayyohlik markazi paydo bo‘ladi. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid