Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ford va Alibaba Xitoyda avtomobil sotishga doir shartnomani imzolaydi
Amerikaning Ford avtokonserni payshanba kuni Xitoyning onlayn-savdo giganti hisoblangan Alibaba bilan shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda. Gap shundaki, Alibaba avtomobillar sotuvlarini onlayn va offlayn rejimda sinovdan o‘tkazishni ko‘zda tutmoqda. Reuters agentligi shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mashinalar sotuvi uchun Tmall internet-maydonidan (Alibaba Group'ga kiradi) foydalaniladi. Bundan tashqari, transport vositalarini avtomobillar uchun vending avtomatlarda realizatsiya qilish imkoni sinaladi. Ikki kompaniya vakillari bitimni imzolash uchun Xanchjouda uchrashishadi.
Ta'kidlanishicha, shartnoma Alibaba yordamida sotilgan avtomobillarga Ford servis markazlarida xizmat ko‘rsatishni ko‘zda tutishi mumkin.
Mavzuga oid
20:12 / 22.06.2026
Ford arzon elektr pikapni chiqarishni rejalashtirmoqda
18:47 / 16.06.2026
Uzunligi qariyb 6 metr - Amerikadagi eng mashhur avtomobil nomi e’lon qilindi
14:42 / 20.05.2026
Yer ijarasi shartnomasini uzaytirishning yangi tartibi tasdiqlandi
17:11 / 18.02.2026