Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar va OAV vakillari ShIIBB boshlig‘i kubogi uchun futbol uchrashuvi o‘tkazdi
5 dekabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlaridan iborat jamoa va OAV jamoasi, jumladan, KUN.UZ vakillari o‘rtasida O‘zbekiston Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan mini-futbol bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.

Toshkentdagi Oliy o‘quv yurtlararo sport majmuasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv avvalida o‘yinchilar tantanavor ravishda usti yopiq maydonga kirib kelishdi, shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi IIV orkestri ijrosida davlat madhiyasi yangradi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining bosh sovrini uchun o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinini FIFA hakami Sherzod Qosimov boshqardi.








Mazkur o‘yin shaharda va O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, hukumat idoralari va OAV o‘rtasida ochiqlik, shaffoflik va hamkorlikni targ‘ib qilish yo‘lidagi qadamlardan biri ekani ta'kidlandi.

Uchrashuv 5-3 hisobida OAV jamoasi g‘alabasi bilan yakunlandi, o‘yindan so‘ng musobaqa g‘olib va ishtirokchilariga tashkilotchilar tomonidan mukofotlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Taqdimot marosimidan so‘ng jamoalar birgalikda esdalik uchun suratga tushdi.

Mavzuga oid
23:46 / 29.11.2025
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashga undovchi materiallar OAVda bepul joylashtiriladi
14:10 / 26.11.2025
Urush va OAV: haqiqat qayerda?
17:36 / 08.11.2025
BMT: Dunyoda jurnalistlar o‘ldirilishining 85 foizi ochilmay qolmoqda
12:30 / 30.09.2025