Sport | 18:31 / 06.12.2017
7950
2 daqiqa o‘qiladi

Olimpiada-2018 tashkiliy qo‘mitasi rossiyalik sportchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi

Foto: AP

Janubiy Koreyaning Pyongchangida 2018 yili bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi rossiyalik sportchilarga pul grantlarini ajratadi, bu ularning musobaqalarda ishtirok etishini ta'minlash uchun kerak. Bu haqda TASS Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.

XOQ ijroiya qo‘mitasi seshanba kuni Rossiya Olimpiya qo‘mitasi a'zoligini to‘xtatish haqida qaror chiqardi, shu bilan birga, rossiyalik sportchilar Janubiy Koreyadagi O‘yinlarda neytral maqomda va Olympic Athlete from Russia (OAR) – «Rossiyadan bo‘lgan olimpiyachi» nomi ostida ishtirok etishlari mumkin.

«Tashkiliy qo‘mita grantlar ko‘rinishida qo‘llab-quvvatlov taqdim etadi, bu barcha sportchilar va mansabdor shaxslarga aloqador bo‘ladi», - deyiladi XOQning rossiyaliklarning O‘yinlarda ishtirok etishi uchun xarajatlarni kim o‘z bo‘yniga olishi haqidagi savolga javobida.

Qishki Olimpiya o‘yinlari Janubiy Koreyaning Pyongchangida 9-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid