Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyaning qishki Olimpiadadan chetlatilishiga izoh berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya terma jamoasining qishki Olimpiadadan chetlatilishini mutlaq sahnalashtirilgan va siyosiy deb atadi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ijroiya qo‘mitasi 5 dekarbda Rossiya Olimpiya qo‘mitasini chetlatish va 2018 yilgi o‘yinlarga faqat “toza”, ya'ni dopingga aralashmagan rossiyalik sportchilarni Olimpiya bayrog‘i ostida qo‘yishga qaror qildi. Rossiya Olimpiadada ishtirok etish bo‘yicha qarorni 12 dekabrdagi yig‘ilishda qabul qiladi.
“Hammasi mutlaq sahnalashtirilgan va siyosiy qarordek ko‘rinishga ega. Biz buni ko‘rmoqdamiz, menda bunga hech qanday shubha yo‘q. Savol tug‘iladi: Olimpiya yig‘ilishi qanday yo‘l tutadi, qanday qaror qabul qiladi? Yana bir marta qaytaraman: Rossiya hech nimani to‘smaydi va Olimpiadada ishtirok etmoqchi bo‘lgan sportchilarga to‘sqinlik yaratmaydi”, deb izoh bergan vaziyatga Putin.
Putin Rossiya Sochidagi 2014 yilgi Olimpiadaga tayyorlanish va uni o‘tkazish vazifasini a'lo darajada uddalaganini eslatib o‘tdi.
“Biz yomon narsani tez unutamiz, aslida nima bo‘lgandi? Biz doimo Rossiya tayyor emas, qila olmaydi, bunga qodirmas degan gaplarni eshitgandik. Barchasi uddalanganda, barchasini qila olganimizda, boshqacha hujum yo‘liga o‘tildi: u yerda yomon, bu yerda yomon. Keyin esa meldoniy g‘avg‘osi boshlandi”, deb ta'kidlab o‘tdi Putin.
Uning aytishicha, meldoniy azaldan qabul qilib kelingan, keyin birdan uni taqiqlangan deb qabul qilinib, sportchilarni chetlatish boshlangan.
Mavzuga oid
08:46
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026