Jahon | 22:00 / 06.12.2017
12082
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Suriyada IShIDning batamom yakson qilinganini e'lon qildi  

Foto: © RIA Novosti / Sergey Guneyev

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyada Frot daryosining ikki tomonida ham IShID terrorchilik guruhi to‘liq yakson qilinganini e'lon qildi. 

“2 soat avval mudofaa vaziri Frotning sharqiy va g‘arbiy sohillaridagi operatsiya terrorchilarning to‘liq yakson etilishi bilan yakunlanganini ma'lum qildi”, deb aytgan Putin jurnalistlarga.

“Albatta, ba'zi qarshilik o‘choqlari qolgan bo‘lishi mumkin, biroq umuman olganda bu hududda va bu bosqichda jangovar ish yakunlandi. Qaytaraman, to‘liq g‘alaba va terrorchilarning yakson qilinishi bilan yakunlandi”, deb qo‘shimcha qilgan Putin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid