Jahon | 21:10 / 07.12.2017
8760
1 daqiqa o‘qiladi

Jyenevadagi suzish havzalarida burqada cho‘milish taqiqlandi

Foto: Getty Images

Jyeneva hukumati shahar suzish havzalarida burqa va kiyimsiz cho‘milishni taqiqladi. The Local nashri shu haqida xabar berdi.

Yangi qarorda aniqlik kiritilishicha, suzish havzalariga bir yoki ikki qismdan iborat, tizza sohasidan uzun bo‘lmagan, qo‘llari ochiq ko‘rinishdagi suzish kiyimida tushish kerak. Cho‘milish kiyimi "yubka yoki ko‘ylak" shaklida bo‘lishi kerak emas. 

Bu degani joriy yilning sentabrida ruxsat etilgan burqada yoki kiyimsiz cho‘milish bundan keyin taqiqda ekanini bildiradi.

Manbaga ko‘ra, cho‘milish kiyimlariga nisbatan  cheklovlarning kiritilishiga yoshlarning suzish havzalariga hatto ko‘cha kiyimida tushishlari sabab bo‘lgan, bu esa gigiyenik normalarning buzilishi borasida xavfsirashga olib kelgan. 

 

Mavzuga oid