14:31 / 08.12.2017
11929

Birinchi guruhga guruch yormasini yetkazib berish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritildi 

Foto: Picyab

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasining qarori bilan Birinchi guruhga guruch yormasini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 18 apreldagi O‘RQ-429-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi qaror qildi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasining 2013 yil 25 iyundagi 9-son qarori (ro‘yxat raqami 2483, 2013 yil 23 iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 30-son. 397-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruhga guruch yormasini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 21-bandidagi “gigiyena sertifikati" degan so‘zlar “sanitariya-epidemiologik xulosasi" degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.

Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

Top