21:27 / 08.12.2017
8367

Iordanning G‘arbiy qirg‘og‘idagi to‘qnashuvlarda jabrlanganlar soni 217 nafarga yetdi

Foto: Nasser Nasser/AP

Isroillik askarlar Isroil-G‘azo sektori chegarasi yaqinida bir falastinlikni otib o‘ldirishdi. Bu haqda Falastin sog‘liqni saqlash vazirligiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Isroil armiyasida aytilishicha, yuzlab falastinliklar AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qusdni Isroil poytaxti deb tan olinishi qaroriga norozilik sifatida shinalarni yoqib, chegaraning narigi tomonidagi askarlarga toshlar otishgan.

Aytilishicha, askarlar ikki nafar falastinlikni o‘qqa tutgan.

Trampning qarori mintaqada to‘qnashuvlar boshlanishiga sabab bo‘ldi. Iordanning G‘arbiy qirg‘og‘idagi to‘qnashuvlarda umumiy hisobda 217 nafar falastinlik jabrlandi. Isroillik harbiylarning ma'lum qilishicha, to‘qnashuvlarda 3 mingdan ko‘proq odam ishtirok etmoqda.

 

Top