Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva oblastida yong‘in, o‘zbekistonlik ishchilar halok bo‘ldi (video)
Moskva oblastining Ramenskoye shahrida yuz bergan yirik yong‘in davomida o‘zbekistonlik ishchilar halok bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti» mintaqa tezkor xizmatlaridagi manbaga tayangan holda xabar berdi.
Halok bo‘lganlar orasida ikki ayol va bir erkak kishi borligi aytilmoqda.
Bunga qadar Rossiya FVVning mintaqa bo‘yicha boshqarmasi vakillari o‘n nafar xodimni qutqarib olgan. Internetda favqulodda hodisa yuz bergan joydan olingan ilk kadrlar paydo bo‘ldi.
Roliklarning birida binoning birinchi qavatidagi xona yonayotganini ko‘rish mumkin. Kuchli yong‘in fonida o‘t o‘chiruvchilar turibdi, ular olovni yo‘q qilish harakatida.
Rossiya OAVning xabar berishicha, o‘n kishi juda katta qiyinchilik bilan xavfsiz joyga olib o‘tilgan. Yong‘in paytida ikkinchi qavatda bo‘lgan insonlar derazalardagi panjaralar tufayli asirlar ahvoliga tushib qolgan. Ularni qutqarishda voqeaga guvoh bo‘lgan insonlar ko‘mak berdi, ular tashqaridan metall panjaralarni sindirishdi hamda jabrlanganlarni chiqarib olishdi. Biroq uch kishi – erkak va ikki ayolni qutqarishning imkoni bo‘lmagan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ularning bari – do‘kon xodimlari, o‘zbekistonlik ishchilar.
Mavzuga oid
12:08 / 12.02.2026
Sergelida chiqindi tashuvchi mashina yonib ketdi
09:23 / 12.02.2026
Toshkentda savdo majmuasi tomida tutun: evakuatsiya amalga oshirildi
08:34 / 08.02.2026
Angrenda ko‘p qavatli binoda yong‘in chiqdi
09:52 / 05.02.2026