O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Samarqand shahrida «112» yagona raqami orqali shoshilinch operativ xizmatlarni chaqirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 29 avgustdagi PQ-3245-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Samarqand shahrida hodisa va favqulodda vaziyatlarga shoshilinch chora ko‘rilishini ta'minlash sohasida axborot tizimlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «Xavfsiz shahar» yagona apparat-dasturiy kompleksi loyihasini amalga oshirish doirasida Samarqand shahrida shoshilinch operativ xizmatlarning muqobil telefon raqamlaridan foydalanish imkoniyatini saqlab qolgan holda «112» yagona raqami (keyingi o‘rinlarda - «112» tizimi deb ataladi) orqali shoshilinch operativ xizmatlarni chaqirish tizimini joriy etish tajriba loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.

2. Quyidagilar «112» tizimini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

Samarqand shahridagi shoshilinch operativ xizmatlarning navbatchi- dispetcherlik bo‘linmalari o‘rtasida yaqindan axborot almashinuvi bo‘yicha mustahkam hamkorlikni ta'minlash;

odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda, yong‘inlarda, yo‘l-transport hodisalarida, jamoat tartibi buzilganda hamda avariya, baxtsiz hodisalarda va favqulodda vaziyatlarda darhol xabardor qilish va shoshilinch operativ xizmatlarning muvofiqlashtirilgan choralari ko‘rilishini ta'minlash;

baxtsiz hodisalar va favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda fuqarolarga konsultativ va psixologik yordam ko‘rsatish, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqishda shaffoflikni ta'minlash hamda shoshilinch operativ xizmatlarning o‘z vaqtida chora ko‘rishi yuzasidan tizimli nazorat yuritish.

3. Belgilanishicha, chaqiruv «112» tizimi orqali ta'minlanadigan shoshilinch operativ xizmatlarga quyidagi bo‘linmalar kiradi:

ichki ishlar organlarining yong‘in xavfsizligi xizmatlari;

ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash, tartibbuzarliklarni profilaktika qilish va jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘linmalari;