4–5 aprel kunlari Özbekiston yana bir muhim xalqaro tadbir — Samarqand iqlim forumiga mezbonlik qildi.
Mazkur forum Markaziy Osiyo tarixidagi iqlim masalasiga bağişlangan ilk tarixiy voqelikka aylandi. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibining uç nafar örinbosari, BMTning ekologiya yönalişidagi taşkilotlari, konvensiyalar rahbarlari, bir qança davlatlar, xalqaro taşkilotlar va agentliklarning (UNCCD, FAO, UNIDO, UNECE, ICBA va hokazo) ekologiya sohasiga mas’ul bölgan 30 dan ortiq vazirlari, yetakçilari hamda boşqa köplab xorijlik mutaxassislar iştiroki forumning nufuzini yanada oşirdi.
Forumda Yaşil rivojlaniş konsepsiyasi taqdimoti bölib ötdi va uşbu konsepsiyani Braziliyada bölib ötadigan COP28 doirasida tasdiqlaş uçun tegişli çoralar körişga kelişildi.
Ta’kidlaş joizki, Özbekiston 2023 yilda COP28’da rasman işga tuşirilgan sanoat dekarbonizatsiyasi va global darajada jamoaviy harakatni kuçaytiriş böyiça tajriba almaşiş uçun platforma bölib xizmat qiluvçi, yuqori iqlim ambitsiyalariga ega 43 mamlakatning ixtiyoriy koalitsiyasi hisoblangan Climate Club’ga a’zo böldi.
Ma’lumot uçun, Climate Club faoliyati uçta asosiy yönalişni qamrab oladi: taşlamalarni kamaytiriş böyiça şaffof siyosatni amalga oşiriş, sanoatni özgartiriş va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş. Taşkilotning asosiy maqsadi Parij kelişuvini amalga oşirişni qöllab-quvvatlaş va global sof «nol çiqindi»ga erişiş uçun iqlim böyiça harakatlarni tezlaştirişdir.
Şuningdek, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan «Atrof-muhitni muhofaza qiliş, iqlimga qarşi kuraş va tabiiy resurslardan barqaror foydalaniş sohasida hamkorlik töğrisida»gi anglaşuv memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum Özbekiston va Markaziy Osiyoda atrof-muhitni muhofaza qiliş, iqlimga qarşi kuraşiş, tabiiy resurslardan barqaror foydalaniş va ularni boşqariş sohasida aniq harakatlar va tadbirlarni amalga oşirişda hamkorlikni davom ettirişga xizmat qiladi. Maqsad Özbekistonning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan barqaror, iqlim şaroitiga çidamli va emissiyasi kam bölgan rivojlanişiga hissa qöşiş va turli xalqaro konvensiyalar, şartnomalar şartlarini bajarişda qöllab-quvvatlaşdir.
Qolaversa, Özbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi va Qirğiziston Tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vazirligi örtasida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universitetida (Green University) kadrlar tayyorlaş uçun kvota ajratiş töğrisida memorandum imzolandi. Unga köra, Qirğiziston talabalariga 9 tagaça kvota örinlari ajratiladi (bakalavriat ta’lim yönalişlari uçun 5 tagaça, magistratura ta’lim yönalişlari uçun 4 tagaça). Memorandumdan maqsad mintaqaviy hamkorlik va barqaror rivojlaniş, atrof-muhitni örganiş va iqlim özgarişi sohasida salohiyatli kadrlar sonini oşirişdan iborat.












