Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda 220 ta mulk ziyorat markazi uçun tortib olinayotgani haqidagi xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Madaniy meros agentligi rasmiy munosabat bildirdi. 

Ma’lum qilinişiça, prezidentning 2021 yil 9 fevraldagi “Özbekiston Respublikasida içki va ziyorat turizmini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoyişi bilan Samarqand şahrining “Çokardiza” qabristonida joylaşgan Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qiliş, majmua atrofidagi buyuk ulamolarning qabrlarni qayta tiklaş, hududlarni obodonlaştiriş va xizmat körsatiş infratuzilmasini yaxşilaş orqali yirik ziyorat markazini taşkil etiş rejalaştirilgan.

Mazkur farmoyişga asosan Imom Moturidiy yodgorlik majmuasining atrofini kengaytiriş maqsadida fuqarolarga tegişli bölgan 217 ta turarjoy binosi buzilişi qayd etilgan. Uşbu binolar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatini tasdiqlaş töğrisida”gi 846-sonli qarori bilan madaniy meros obekti sifatida milliy röyxatga kiritilmagan.

Prezidentning 2021 yil 19 iyundagi tegişli qarorida moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, Umumjahon merosi röyxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qöriqlanadigan tegralarida obektlarni quriş, buziş va obodonlaştiriş işlarining loyihalarini agentlik bilan majburiy tartibda kelişiş belgilangan. Bunda Umumjahon merosi röyxatiga kiritilgan hududlar va obektlar böyiça loyihalar agentlik tomonidan YuNESKO işlari böyiça Özbekiston Milliy komissiyasi orqali YuNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan kelişgan holda amalga oşirilişi belgilab qöyilgan.

2025 yilning 6 mart kuni agentlik huzuridagi Ilmiy-ekspert kengaşining Toşkent şahrida bölib ötgan 4-sonli yiğilişida uşbu masala atrofliça körib çiqilgan va yakuniy xulosa berilgan. Kengaş xulosasiga köra, Samarqand şahrida joylaşgan Imom Moturidiy majmuasining atrofini kengaytiriş işlari yuzasidan taklif ma’qullangan.

Şuningdek, Ilmiy-ekspert kengaşi bayonida Madaniy meros agentligi Imom Moturidiy majmuasi atrofini kengaştiriş va obodonlaştiriş loyihasi bilan Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qiliş töğrisidagi konvensiyasi talablariga muvofiq YuNESKOning Umumjahon merosi markazini xabardor qiliş çoralarini köriş belgilangan.

Hujjatda uşbu hududlarda olib boriladigan har qanday quriliş, obodonlaştiriş işlarining loyihalari örnatilgan tartibda Madaniy meros agentligi bilan kelişilgan holda amalga oşirilişi qat’iyan belgilab qöyilgan. Mazkur hududda amalga oşiriladigan kengaytiriş va obodonlaştiriş işlarining nazorati Samarqand viloyati Madaniy meros boşqarmasiga yuklatilgan.