Jomboy tumanida Damas haydovçisi 25 nafar bola bilan harakatlangani aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati YHXB xabar berdi.

Maşina YPX xodimlari tomonidan töxtatilgan. Haydovçi YPX xodimlarini maşinada 17 nafar bola bor, deya aldaşga uringan. Ammo sanab körilganida Damas'da 25 nafar bola olib ketilayotgani aniqlangan.

Belgilangan örindiqdan köp yölovçi olib ketayotgan haydovçiga nisbatan tegişli tartibda bayonnoma rasmiylaştirilgan.

“Töğri, mumkin emas. Har kuni ikki reys qilardim. Nima deyişni ham bilmay qoldim”, degan haydovçi. Aslida 25 nafar bolani Damas maşinasida “ikki reys”da ham taşiş mumkin emas.

Haydovçi holat boşqa takrorlanmasligiga va’da bergan.

Oldinroq Qoraqalpoğistonda 27 nafar bolani taşiyotgan Damas aniqlangandi.