Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq bosh vaziri IShID nimaning evaziga mag‘lub etilganini aytdi
Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi urush yakuniga yetgani haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Bizning qurolli kuchlar Iroq-Suriya chegarasi ustidan to‘liq nazoratni o‘rnatishdi hamda shu bilan biz IShIDga qarshi urush yakuniga yetgani haqida ma'lum qilamiz», - deya aytib o‘tdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Iroq «birdamlik va qat'iylik» evaziga g‘alaba qozonishning va sivilizatsiyani yo‘q qilib yuborish maqsadida kelgan dushmanni mag‘lubiyatga uchratishning uddasidan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonning Turkmaniston bilan chegarada joylashgan Juzjon shimoliy viloyatida IShID terrorchilik guruhi jangarilarini o‘qitishning yashirin markazlari faoliyat ko‘rsatayotgani, ularda taxminan 300 nafar yoshlar tayyorgarlikdan o‘tayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:10 / 15.07.2026
AQSh Iroq–Suriya neft quvurini qayta tiklashni rejalashtirmoqda
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026