Jahon | 01:12 / 10.12.2017
41012
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyada Su-30 samolyoti aqlbovar qilmas manyovr bajardi (video)

Foto: Getty Images

Suriyada Rossiya harbiy-koinot kuchlari samolyotlari noodatiy manyovrlari bilan hayratlantirishda davom etmoqda.  

Internetda paydo bo‘lgan yangi videoda Il-76 yuk samolyoti Su-30SM qiruvchi samolyoti hamrohligida Suriyaning Daur az-Zor viloyatiga gumanitar yuk yetkazayotgani tasvirlangan.

Videoda gumanitar yuk belgilangan joyda samolyotdan tashlangandan keyin,  Il-76’ni qo‘riqlab borayotgan qiruvchi samolyot uning ochiq lyukiga juda ham yaqin kelganini ko‘rish mumkin. Samolyotlar o‘rtasidagi masofa shunchalik qisqa bo‘lganki, yuk samolyotidagi harbiylar qiruvchi samolyotdagi uchuvchi bilan imo-ishora yordamida muloqot qila olishgan.

Tan berish kerakki, Su-30 uchuvchisi og‘ir yuk samolyoti dvigatellaridan chiqayotgan kuchli havo oqimlari hududida bo‘la turib, mahorat ko‘rsatgan.

Su-30 shu manyovrdan keyin burilib, pozitsiyasini o‘zgartirgan.

Internetdagi ba'zi foydalanuvchilar qiruvchi samolyot orqa tomonidan berilishi mumkin bo‘lgan raketalarga qarshi radarga egaligini va Il-76 samolyoti 5 km.dan yuqorirorqa ko‘tarilmaguncha uni yerdan berilishi mumkin bo‘lgan zarbalardan to‘sib borganini taxmin qilishgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid