Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3 davlat qo‘shma harbiy-dengiz mashqlarini boshladi. Yana KXDR sababchimi?
Yaponiya, AQSh va Janubiy Koreya dushanba, 11 dekabr kuni qo‘shma harbiy-dengiz mashqlarini boshladi. Bu haqda Yaponiya o‘zini o‘zi mudofaa qilish dengiz kuchlari shtabidan xabar berishgan.
«KXDR tomonidan yadro sinovlari va raketalar uchirilayotgani davom etayotgani tufayli, mamlakatimiz atrofida xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat keskinlashishi fonida mashg‘ulotlar AQSh va Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari bilan muvofiqlashtiruvni oshirishga yo‘naltirilgan», - deya ta'kidlanadi xabarda.
Avvalroq AQSh va Janubiy Koreya 4 dekabr kuni harbiy-havo kuchlarining keng ko‘lamli mashqlarini o‘tkazishni boshlagani xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Amerika razvedkasi 2006 yilda AQSh kongressini Pxenyan biologik qurolni maxfiy tarzda ishlab chiqish bilan shug‘ullanayotgani haqida ogohlantirgani, ayni damda bu dastur eng yuqori pallaga chiqqani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026