Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada kuzatilayotgan yomon ob-havo transport aloqasini izdan chiqardi
Oxirgi 4 yil ichidagi eng kuchli qorlar Buyuk Britaniyada ko‘plab aviareyslarning bekor qilinishi yoki ushlanishiga olib keldi. Londondagi Xitrou aeroporti yopilmagan bo‘lsa-da, undan reyslar katta kechikish bilan amalga oshirilmoqda. Hukumat mamlakat avtoyo‘llarida ko‘plab avariyalar yuz berayotgani, bir qator tumanlarda elektr uzatishda muammolar vujudga kelganini ma'lum qilgan.
Germaniyaning Frankfurt shahrida qor va sovuq havo tufayli 300 dan ko‘proq aviareys bekor qilingan, Dyusseldorf aeroporti 4 soatga yopib qo‘yilgan. G‘arbiy Reyn-Vestfaliya yerida poyezdlar ushlanishi kuzatilgan. Ulardan bir qismi boshqa punktlarga jo‘natilgan.
Fransiyada kuchli shamol tufayli bortida 300 dan ko‘proq yo‘lovchi bo‘lgan parom Kale portida sayozlikka o‘tirib qolgan. Hech kim jabrlanganmagan, biroq gavandan kemalar chiqishi va kirishida qiyinchiliklar yuzaga kelgan.
Kuchli yomg‘irlar tufayli Korsika orolidagi aeroportlarni yopishga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
10:40 / 13.07.2026
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
09:00 / 13.07.2026
Yevropada issiqlik to‘lqini qurbonlari soni 10 mingdan oshdi
09:56 / 11.07.2026