Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar yangilik qilmoqchi: JCh-2022 uchun noyob stadion quriladi
Qatar poytaxti Dohada JCh-2022’ga 40 ming o‘rinlik stadionni qurish mo‘ljallanmoqda, u modifikatsiyalangan yuk konteynerlaridan iborat bo‘ladi. Konstruktsiyani osonlik bilan turli qismlarga ajratib olish hamda chempionat yakunlanganidan so‘ng boshqa joyga olib o‘tish mumkin.
Loyiha Fenwick Iribarren Architects byurosi tomonidan ishlab chiqildi, uning hamasoschisi Mark Fenvikning (Mark Fenwick) fikriga ko‘ra esa, innovatsion qurilish butun dunyo bo‘ylab stadionlar arxitektorlari va dizaynerlarini ilhomlantirishi aniq, sababi o‘zida estetik joziba va qulaylikni uyg‘unlashtira oladi.
Bundan tashqari, yuk konteynerlaridan qurilish bloklari sifatida foydalanish talab etiluvchi qurilish materiallari miqdorini qisqartirish imkonini beradi. Shuning yordamida esa stadionning uglerod izi va qurilishdan so‘ng qolgan chiqindilar miqdori ham kamayadi.
Eslatib o‘tamiz, yuk konteynerlari oxirgi paytlarda zamonaviy arxitekturada keng qo‘llanilmoqda: ulardan uylar yaratilmoqda, mehmonxonalar hamda boshqa obektlar qurilmoqda.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
11:26 / 21.05.2026