Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourino taslim bo‘ldi
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya chempionatining 16-turida «Manchester Siti»ga qarshi mag‘lubiyatli uchrashuvdan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi. «Old Trafford»da kechgan derbi Xosep Gvardiola shogirdlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Birinchi reaksiya — afsuski referi Maykl Oliverga, chunki u o‘yinni yaxshi o‘tkazdiyu, muhim vaziyatda xatoga yo‘l qo‘ydi. Uning xatosi natijaga ta'sir qildi, u penalti belgilaganida hisob hali o‘yin yakuniga qadar 20 daqiqa borligida 2:2 ko‘rinishiga kelishi mumkin edi. Maykl yaqqol penaltini ko‘rmadi.
Endi chempionlik poygasi yakunlandimi? Menimcha ha. «Manchester Siti» — juda kuchli jamoa va ular yuqori formada. Futbol ilohlari «Siti»ni qo‘llamoqda», — degan Mourino.
Derbidagi g‘alabadan keyin «Manchester Siti» turnir jadvalida eng yaqin ta'qibchisi bo‘lib turgan «Manchester Yunayted» bilan oradagi farqni 11 ochkoga yetkazgan.
Mavzuga oid
17:44 / 08.06.2026
Peres «Real»ga Joze Mourino bosh murabbiy bo‘lishini e’lon qildi
13:38 / 01.06.2023
«Sevilya» yana Yevropa Ligasida g‘olib. Ularni Mourino ham to‘xtata olmadi
20:46 / 28.01.2023
Mourino Shomurodovning «Roma»dan ketayotganini tasdiqladi
15:08 / 12.10.2022