Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya Misr bilan aviaqatnovni ochishga tayyorligini aytdi
© Mixail Mettsel/TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qohiraga amaliy tashrif bilan keldi, u Misr rahbari Abdul Fattoh as-Sisiy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Rossiya yetakchisini aeroportda Misr prezidentining o‘zi kutib olgan.
Putin va as-Sisiy aeroportdan Rossiya prezidenti avtomobilida Al-Ittihodiya saroyiga yo‘l olishdi, u yerda esa ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
RF prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, Rossiya Misr bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni ochishga tayyor.
"Rossiya xavfsizlik xizmatlari menga biz Moskva hamda Qohira o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovni ochishga tayyor ekanimiz haqida hisobot berishdi, - deya ta'kidlab o‘tdi u Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha. – Tegishli hukumatlararo bayonnomani imzolash talab etiladi, u yaqin vaqt ichida imzolanishiga harakat qilamiz".
Shuningdek, Putin dushanba kuni Qohirada Misrdagi birinchi atom elektrstansiyasini O‘rta Yer dengizidagi ad-Dabaa tumanida Rossiya ishtirokida qurishga tijoriy shartnomalarning kuchga kirishi to‘g‘risidagi aktlarni imzolash marosimida qatnashdi. Rossiya tomoni ad-Dabaadagi atom elektrstansiyasi tumanida xavfsizlikni ta'minlashda ishtirok etadi.
Mavzuga oid
19:17 / 15.02.2026
Misr kompaniyasi Jizzaxda ikkita shakar zavodi quradi
17:46 / 15.02.2026
Zelenskiy Putinda «ko‘p vaqt qolmagani»ni aytdi
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
14:52 / 11.02.2026